The New York Times nashri Donald Tramp ma’muriyati davlat mablag‘laridan prezidentning shaxsiy imijini targ‘ib qilish uchun foydalanganini xabar qildi.
«Tasnim» xabar berishicha, AQSh Ichki xavfsizlik departamenti reklama kampaniyasini o‘tkazish uchun 20 million dollarlik shartnoma tuzgan. Hozirgacha ushbu mablag‘ning 5,5 million dollari sarflangan.
Reklamalarning ayrimlarida 2024 yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasiga xos elementlardan foydalanilgan. Boshqa roliklarda esa Eron bilan urush mavzusiga urg‘u berilgan. Ular milliy telekanallarda namoyish etilgan va har ikki asosiy partiya vakillarining tanqidiga sabab bo‘lgan.
Tanqidchilar davlat mablag‘laridan bunday tarzda foydalanish federal qonunlarga zid bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Oq uy esa mazkur materiallar davlat siyosati va mamlakat pozisiyasini jamoatchilikka yetkazishga qaratilganini ta’kidlagan.