Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp Truth Social'dagi sahifasida AQSh aybi bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat nazoratdan chiqib ketgani va endi falokatga aylanish xavfi borligini yozdi.
«AQSh Yaqin Sharqning butunlay nazoratdan chiqishiga ruxsat berdi... Agar biz bu masalani kuchli va aniq hal qilmasak, falokat yuz berishi mumkin», — deya Tramp so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mintaqasida «haqiqatan ham yomon narsalar» sodir bo‘lmoqda va u erda sodir bo‘layotgan dahshatlarni to‘xtatish Amerika tomoniga bog‘liq.
AQShning sobiq prezidenti, shuningdek, bu pozisiya Ukrainadagi mojaroga ham tegishli ekanligini qo‘shimcha qildi.