Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp bir qancha siyosatchilarni tanqid qildi

Tramp bir qancha siyosatchilarni tanqid qildi

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro Vashington va Kiyev tomonidan to‘g‘ri siyosat yuritilganida umuman boshlanmagan bo‘lishini ta’kidladi.

"Men umuman kerak bo‘lmagan va hech qachon boshlanmasligi zarur bo‘lgan urushni meros qilib oldim. Bu hamma uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, ayniqsa behuda halok bo‘lgan millionlab insonlar uchun. Ukraina rahbariyati bizning sa’y-harakatlarimiz uchun hech qanday minnatdorchilik bildirmadi, Yevropa esa haligacha Rossiyadan neft sotib olmoqda. AQSh NATO orqali Ukrainaga yuborish uchun hali-hanuz ulkan miqdorda sotishda davom etmoqda. Telba Jo bu qurollarning barchasini bepul bergan, hatto katta miqdordagi pullarni ham!", — deb yozdi Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 20:56 23.11.2025. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!