AQSh prezidenti Donald Tramp besh kun ichida Eron bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish borasida sezilarli yutuqlarga erishishga umid bildirdi.
Bu haqda Tramp CNBC bilan suhbatda ma’lum qildi.
"U uchrashuvlar va muzokaralar a’lo darajada o‘tganini ta’kidladi va besh kun ichida harbiy harakatlarni to‘xtatish borasida sezilarli yutuqlarga erishish mumkinligiga umid bildirdi", - deya boshlovchi AQSh prezidenti bilan suhbatidan parcha keltirdi.
Bundan tashqari, CNBC xabar berishicha, Tramp telefon orqali suhbatda Eronda "rejim o‘zgarishi" sodir bo‘lgan deb hisoblashini, chunki muzokaralarda Islom Respublikasi nomidan "mutlaqo boshqa odamlar" ishtirok etayotganini aytdi.