AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatning amaldagi rahbariyati faoliyatini yana bir bor tanqid qildi. Uning fikricha, Oq uy rahbari Jo Baydenning layoqatsizligi yaqin kelajakda uchinchi jahon urushining boshlanishiga olib kelishi mumkin.
Tramp o‘z tarafdorlari bilan suhbatda AQShning amaldagi rahbariyatini "ahmoqlar", Baydenni esa "jinni" deb atadi va AQSh prezidentlik saylovlariga qadar keyingi besh oy juda xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
"Keyingi besh oy ichida biz uchinchi jahon urushiga tushib qolishimiz mumkin" - dedi u.
Trampning qayd etishicha, agar u o‘z lavozimida qolganida Ukrainada mojaro kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi. Shu bilan birga, u joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, kelishuvga erisha olishiga ishontirdi.