Donald Tramp AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida savdo urushini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Saylov oldidan Tramp Yevropa Ittifoqi bilan savdo tufayli 300 milliard dollarlik savdo kamomadiga ishora qilgan va 10-20 foizlik boj tariflarni joriy etish tarafdori ekanligini bildirgan edi.
Ekspertlarning fikricha, Trampning prezidentlikka qaytishi nafaqat Yevropa, balki AQShning asosiy savdo hamkorlaridan biri Xitoy bilan ham savdo urushiga olib kelishi mumkin.