Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tramp AQSh qayerga "hujum qilmoqchiligi" va zabt etmoqchi ekanligini aytdi

Tramp AQSh qayerga "hujum qilmoqchiligi" va zabt etmoqchi ekanligini aytdi

Amerika tez orada Oyga qaytadi va Marsga bayroq tikadi deb e’lon qildi AQSh prezidenti Donald Tramp Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan nutqida. Oldinroq u NASA byudjeti uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishga va’da bergandi.

"Tez orada Oyga qaytishimizni aytmoqchiman va bir kuni Marsga Amerika bayrog‘ini o‘rnatamiz", – degan Tramp.

May oyi o‘rtalarida Tramp NASA uchun qo‘shimcha 1,6 mlrd dollar ajratishga va’da bergan. AQSh rahbari shu bilan fazoga katta kuch ila qaytishni reja qilganini yashirmagan.

Vise-prezident Mayk Pensning mart oyida aytishicha, NASA Oq uydan yaqin besh yil ichida amerikalik fazogirlarni Oyga uchirishga topshiriq olgan. 2020 yilda Oyga chiqish maqsadi yo‘lida Orion kemasiga eng og‘ir raketa tashuvchi Space Launch System (SLS) apparatidan foydalanish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:41 06.07.2019. O'qildi: 4397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!