AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan mojaro hal qilingandan so‘ng Kubada hukumat o‘zgarishini amalga oshirish niyatida ekanligini aytdi.
Amerika yetakchisi bu bayonotni Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
"Bizda Kuba uchun juda yaxshi rejalar bor. Menimcha, biz juda qattiqqo‘l, juda yoqimsiz bo‘lgan rejimdan qutulishimiz kerak bo‘ladi", dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron atrofidagi vaziyat AQShning hozirgi ustuvor vazifasi bo‘lib qolmoqda.
"Men bir vaqtning o‘zida bitta narsani hal qilishni afzal ko‘raman. Biz Eron Islom Respublikasi bilan ishlaymiz va bu amalga oshirilgandan so‘ng, qaytish yo‘lida qisqa vaqt to‘xtab, shuni qilamiz. Biz ularga yordam berishni xohlaymiz", deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.