AQSh prezidenti Donald Tramp Xung Kaoni mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari vaziri lavozimiga doimiy asosda tayinlash uchun nomzod sifatida ko‘rsatdi.
Kao hozirga qadar ushbu lavozim vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi. Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida bu qarorni e’lon qilar ekan, nomzodga yuqori baho berdi.
«Haqiqiy jangchi Xung Kaoni AQShning navbatdagi Harbiy-dengiz kuchlari vaziri lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatishdan mamnunman», — deb yozdi Tramp.
Oq uy rahbari, shuningdek, Senatni Kao nomzodini imkon qadar tezroq tasdiqlashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bu Xung Kaoga so‘nggi oylarda olib borayotgan ishlarini davom ettirish imkonini beradi.
Kao 2026 yil aprel oyidan beri AQSh Harbiy-dengiz kuchlari vaziri vazifasini bajarib kelmoqda. U bu lavozimni Jon Felan ketganidan keyin egallagan.
Bunga qadar Xung Kao AQSh Harbiy-dengiz kuchlari vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.