Amerika Prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Iroqqa tashrifi chog‘ida AQSh bundan keyin dunyoga mirshab bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlarini NBC telekanali keltiradi. Barcha tashvish Qo‘shma Shtatlar zimmasida ekanligi adolatdan emas. Biz (AQSh qo‘shinlari nazarda tutilmoqda) jahon bo‘ylab joylashganmiz. Shunday mamlakatlarda ham bormizki, ko‘pchilik o‘sha davlatlar haqida eshitmagan ham. Rost gap, bu bema’nilik degan Tramp.
TASSning aniqlik kiritishicha, Tramp rafiqasi hamrohligida e’lon qilinmagan tashrif bilan Bag‘doddan janubda joylashgan Ayn al-Asad harbiy havo kuchlari bazasida bo‘lib, amerikalik harbiylar bilan qisqa suhbat olib borgan. AQSh Prezidenti shuningdek, Amerikaning Iroqdagi elchisi bilan uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabrda Amerika yetakchisi Suriyadan AQSh qo‘shinlari chiqarilishini e’lon qilgan edi.
Manba: O‘zA