Iordaniyadagi AQSh bazasiga qilingan hujum Jo Bayden ma’muriyatining zaifligini ko‘rsatadi, deydi Donald Tramp.
"Iordaniyadagi AQSh harbiy ob’ektiga uchuvchisiz samolyot hujumi natijasida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi va yana ko‘plar yaralandi. Amerika uchun dahshatli kun. Qo‘shma Shtatlarga qilingan bu shafqatsiz hujum Jo Bayden zaifligi va taslim bo‘lishining yana bir dahshatli va fojiali oqibatidir”, deb yozdi Tramp Truth Social'da.