AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida 20 ta davlatning rahbarlari bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deya xabar beradi Report.
Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berish chog‘ida ma’lum qildi.
— Ko‘plab rahbarlar bilan uchrashaman, yigirmaga yaqin. Hamma uchrashmoqchi, ayrimlari bilan uchrashamiz, — dedi u.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasining asosiy tadbirlari 23-27 va 29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan umumiy siyosiy debatlar bo‘lishi kutilmoqda. Unda jami 195 davlatning delegasiya vakillari so‘zga chiqishi rejalashtirilgan.