28 iyun soat 08:00 dan 29 iyun soat 12:00 ga qadar Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chasi kesishmasidagi ko‘prikda joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan mazkur yo‘l o‘tkazgich avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi hokimlik xabarida.