Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentning uchta tumani hududida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning uchta tumani hududida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod, Yakkasaroy va Bektemir tumanlarining qator hududlariga 25 oktyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Mirobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha) — “Yangi Mirobod”, “Baynalminal” mahallalari:

  • aholi xonadonlari soni — 1476 ta;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 34 ta.

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha):

  • “Qahhor” MFYdagi 970 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon, 320 ta yerli xonadon;
  • “Damariq” MFYdagi 920 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon, 410 ta yerli xonadon;
  • “Bobur” MFYdagi 990 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 38 ta.

Bektemir tumani (10:00 dan 17:00 gacha) — “Ustozlar” va “Zabardast” mahallalari:

  • aholi xonadonlari soni — 1375 ta;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 25 ta.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Kiritildi: 09:22 25.10.2023. O'qildi: 1326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!