Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentning uch tumanida bugun gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning uch tumanida bugun gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining uch tumanida bugun, soat 10:00 dan boshlab gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Unga ko‘ra, ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Bektemir va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 3 iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

  • Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 14:30 gacha): “Do‘stlik” va “Chingeldi” MFYlari

Aholi iste’molchilari soni: 1320 ta yerli xonadon
Ulgurji iste’molchilar soni: 28 ta.

  • Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Nurli yo‘l” MFY Yashil vodiy, Shodiyona, A.Ikromov, A.Temur, Bektemir shox ko‘chalari, “Zabardast” MFY Yangi hayot ko‘chasi

Aholi iste’molchilari soni: 476 ta xonadon
Ulgurji iste’molchilar soni: 12 ta.

  • Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Mirishkor” MFY

Aholi iste’molchilari soni: 510 ta yerli xonadon

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.

Kiritildi: 09:19 03.07.2024. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!