Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomi berildi

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomi berildi

Chingiz Aytmatov nafaqat qirg‘iz eli, balki butun turkiy mamlakatlar, jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo, chin do‘st ham edi.

Aytmatovning «Tog‘ va cho‘l qissalari» turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning «Oq kema» (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi.

«Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar» (1977) qissasida muhim ma’naviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mash’um manzaralari o‘z ifodasini topgan. «Asrga tatigulik kun» (1980), «Qiyomat» (1986), «Kassandra tamg‘asi» (1990) romanlarida zamonaning umuminsoniy manzaralari, ona-sayyoraning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan.

CH. Aytmatovning qariyb barcha asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. Chingiz Aytmatov O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

Manba: daryo.uz
 

Kiritildi: 23:05 12.07.2018. O'qildi: 1637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!