Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan 25 dekabrdan 10 yanvargacha Sergeli va Bektemir tumanlarida harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
👇Sergeli tumani:
— Sug‘diyona ko‘chasi: Yangi Sergeli ko‘chasidan Jaloir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l;
— Jaloir ko‘chasi: Sug‘diyona ko‘chasidan Obihayot ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
👇Bektemir tumani:
— Chirchiqbo‘yi ko‘chasi: Coca-Cola Garden bog‘i yaqinidagi yo‘l qismi.