Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Bektemir tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida, bugun 1 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

Bektemir tumani: “Bektemir”, “H. Bayqaro”, “Abay”, “Oltintopgan”, “Chashma”, “Ustozlar”, “Iqbol” hamda “Mirishkor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 05:00 dan 18:00 gacha;

Bundan tashqari, tumanning: “Nurli yo‘l”, “Musaffo” va “Sohil” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha.

Shuningdek, xabarda yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Kiritildi: 10:00 01.07.2024. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!