Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentga yana bir AQSh amaldori keladi

Toshkentga yana bir AQSh amaldori keladi

Toshkentda O‘zbekiston - AQSh maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 25 fevral kuni O‘zbekistonga AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis UYElls boshchiligidagi delegasiya keladi.

Tashrif dasturidan ikki tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini hamda O‘zbekistonning vazirlik va idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni general Jozef Votel boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 21:45 23.02.2019. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!