Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentga qatnaydigan kirakashlarga tajovuz qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentga qatnaydigan kirakashlarga tajovuz qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

2021 yil 29 dekabr kuni, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan 44-sonli JIEK va Bo‘ka tumanida joylashgan 43-sonli JIEKdan 1987 yilda tug‘ilgan A.M., 1992 yilda tug‘ilgan U.A. va 1997 yilda tug‘ilgan U.I. lar qochib ketgan.

Toshkentga qatnaydigan kirakashlarga tajovuz qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Ushbu shaxslar 2022 yilning 5 yanvar kuni “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida haydovchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan, Namangan viloyati, Uychi tumani, Mashat qishlog‘i, Mirobod ko‘chasi, 111-uyda yashovchi, 1978 ytlda tug‘ilgan N.SH.ga Toshkent shahriga olib borib qo‘yishini so‘rab murojaat qilgan va yo‘l kira haqini kelishgan.

Biroq, Toshkent viloyati, Ohangaron shahri hududida haydovchiga xujum qilib, 500 AQSh dollari, 100.000 so‘m pullari va “RedMi Note-9” rusumli telefonini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uning og‘zi, ikkala qo‘l va oyoqlarini bog‘lab, boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinaning orqa yukxonasiga solib, Jizzax shahar, A.Navoiy MFY hududiga tashlab, voqea joyidan qochib yashirinishgan.

Shuningdek, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etib yurgan shaxslar jinoiy faoliyatini davom ettirib, 2022 yil 7 yanvar kuni, Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Voxim MFY, Soyguzar ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan M.O. bilan yo‘l kira narxini kelishgan holda Toshkent shahriga olib borib qo‘yishini so‘rashgan.

Ammo, Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida haydovchiga xujum qilib, 11.650 AQSh dollari va “SAMSUNG” rusumli uyali telefonini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uning og‘zi, ikkala qo‘l va oyoqlarini bog‘lab, boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinaning orqa yukxonasiga solib, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, O‘rtamasjid MFY, Uysozlar ko‘chasiga tashlab, voqea joyidan qochib yashirinishgan.

Ushbu holatlar yuzasidan tezkor harakatlar olib borilib, bosqinchilik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlangan fuqarolar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’lonlar berildi. Shundan so‘ng, gumonlanuvchilardan biri, 1997 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan besh marotaba sudlangan U.I haydovchilar ko‘magida Farog‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida ushlanib IIBga topshirilgan.

Toshkentga qatnaydigan kirakashlarga tajovuz qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

1997 yilda tug‘ilgan U.I.

2022 yil 9 yanvar kuni soat 20:45larda PPX xodimlari SH.Meliqo‘ziyev va X.Xo‘jaqulovlar tomonidan, 1992 yilda tug‘ilgan, bosqinchilikda gumonlangan U.A. Qo‘qon shahridagi “Troya” nomli tungi klub atrofida ushlangan.

Toshkentga qatnaydigan kirakashlarga tajovuz qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

1992 yilda tug‘ilgan U.A.

2022 yil 10 yanvarga o‘tar kechasi tezkor qidiruv ishlari mobaynida, PPX xodimlari M.Sultonov, M.Boynazarov hamda R.Esonaliyevlar tomonidan, 1987 yilda tug‘ilgan, bosqinchilikda gumonlangan A.M. Qo‘qon shahar, Charhiy mavzesida ushlangan.

Toshkentga qatnaydigan kirakashlarga tajovuz qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Kiritildi: 11:48 10.01.2022. O'qildi: 4932 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!