BAA havo hududining qisman yopilishi sabab Toshkentdan Dubayga uchgan ayrim reyslar jo‘nash aeroportiga qaytarilmoqda.
“Uzbekistan Airports” matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Centrum Air” aviakompaniyasining Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi C6-351 reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytgan.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-333 reysi ham xavfsizlik sabab jo‘nash aeroportiga qaytarilgani ma’lum qilindi.
Hozircha reyslarning keyingi taqdiri va parvozlar qachon tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.