Toshkentdagi ko‘chalardan biri ikki oy muddatga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanmoqda, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va albatta shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanmoqda.
Shu munosabat bilan 18.10.2024 yil soat 14:00dan boshlab, 20.12.2024 yil. kunga qadar «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan, «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi.