Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi kafelardan birida yong‘in chiqdi

Toshkentdagi kafelardan birida yong‘in chiqdi

Bugun, 18 yanvar kuni soat 18:08 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan hozirda ish faoliyati to‘xtatilgan kafeda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:15 da yetib borib, yong‘in soat 18:30 da qurshab olingan va soat 18:33 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida bino ichidagi tahminan 50 kv.m. maydonda chiqindilar yongan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 19:07 18.01.2022. O'qildi: 1677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!