Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi Ibn Sino bozori sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi Ibn Sino bozori sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahridagi Ibn Sino bozori noturar binosini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Bino sotuvi haqida E-auksion platformasida e’lon berildi.

Xaridor ob’ekt negizida ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasi asosida «ekobozor», savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar markazlarni qurishi kerak. Binoning umumiy maydoni 0,45 gektarga teng bo‘lib, shundan 620,0 kv.m. joy qurilish osti maydoni hisoblanadi.

Ob’ekt Vazirlar Mahkamasining iyun oyidagi qaroriga binoan sotuvga chiqarilgan. Lotning boshlang‘ich narxi 28,03 mlrd so‘m. Arizalar 31 oktyabr kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi va natijalar o‘sha kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi.

Kiritildi: Bugun 00:31. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!