Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentdagi fojiada ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentdagi fojiada ikki kishi halok bo‘ldi

2022 yilning 7 iyun kuni soat taxminan 04:00 larda Yakkasaroy tumani, Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida, haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan B.A. “Matiz” rusumli, davlat raqam belgisi 01 Z 616 NB bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, tezlik oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

YTH natijasida “Matiz” avtomashinasi haydovchisi hamda uning yo‘lovchisi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.K. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etganlar. Ularning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 20:26 08.06.2022. O'qildi: 4447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!