Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentdagi choyxona “razbori”: "qarzdor"ning yechintirilib, tahqirlangani fosh bo‘ldi

Toshkentdagi choyxona “razbori”: "qarzdor"ning yechintirilib, tahqirlangani fosh bo‘ldi

Toshkentdagi Qumariq mahallasida joylashgan “Guzar” choyxonasiga bir yigit olib kelinib, bir necha jinoyatchilar tomonidan yechintirilgan va tahqirlangani ma’lum bo‘ldi.

I.Qoraxonov, 2019 yil 19 yanvar kuni soat taxminan 23:00da o‘zining tanishlari B.Masrorov va S.Qaynarov bilan bir guruh bo‘lishib, o‘zganing mol-mulkini tovlamachilik yo‘li bilan egallash maqsadida, Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Sirg‘ali-3 dahasida joylashgan “Prins” tungi klubi oldida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan I.D.ga o‘zaro gaplashib olishni aytib, S.Qobilovning boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtoulovida Sirg‘ali tumani, Qumariq mahallasida joylashgan choyxonaga olib kelishgan.

Ular uni choyxonadagi ustunga qo‘l-oyog‘ini skoch bilan bog‘lab, ularga yordam berishi uchun B.Masrorovni chaqirib, D.I.ni urib, do‘pposlab, undan 3.000 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘larini berishni talab qilishgan.

D.I.ning bahosi 8.000.000 so‘m bo‘lgan “I phone X” rusumli telefon apparatini pulni bersa qaytarib berishini aytgan holda olib qo‘yib, uning shimi va ichki kiyimini (trusigini) tizzasigacha tushirib, o‘zlari bilan olib kelgan hajmi 0.5 litrlik shisha idishiga o‘tqazish bilan qo‘rqitib, ushbu holatni videoga tasvirga olib, agarda D.I. talab qilingan 3.000 AQSh dollar miqdoridagi pullarni bermasa, ushbu videoni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, D.I.ni o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yishgan.
Jinoyatchilar jabrlanuvchini skoch bilan bog‘lab, jami 2 soat davomida zo‘rlik ishlatib, uni g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishgan.

“Jahon.uz” huquq-tartibot idoralaridagi manbadan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, Z.Toshpo‘latov Sirg‘ali tumani, Qumariq ko‘chasida joylashgan “Guzar” choyxonasida moddiy buyumlarga javobgar shaxs vazifasini bajarib yurib, mazkur sodir etilgan og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bermagan.

Jinoyatchilar choyxonada D.I.ning shimini tizzasigacha yechishgan va uning futbolkasini tepaga ko‘tarib qo‘yishgan va ushbu holatni B.Masrorov videoga olib turgani aytilmoqda.

D.I. videoga qarab qancha miqdorda qarz bo‘lsa, o‘sha miqdordagi pullarni berishga va’da berishini aytganligini, u videoga qarab, 3.000 AQSh dollar miqdorida pul qarz ekanligini, ushbu pullarni 1.000 AQSh dollarini ikki kun ichida berishini, qolgan 2.000 AQSh dollarni esa 1.000 AQSh dollar olib kelib bergan vaqti berishini aytganligini, u agar ikki kun ichida 1.000 AQSh dollar olib kelib bermasa videoni tarqatib yuborishini aytganligini, so‘ng, B.Masrorovning telefonidagi videotasvirni telefonining fleshkasiga ko‘chirib olganligi ma’lum bo‘ldi.

“Jahon.uz” bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tergov harakatlari va barcha batafsil ma’lumotlarni 2019 yilning 24 may kuni e’tiborpingizga havola etadi.

Kiritildi: 08:54 24.05.2019. O'qildi: 5170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!