Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 28 iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozor hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan va yong‘in soat 02:47 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.