Toshkent halqa yo‘li tashqarisida joylagan buddaviylar ibodatxonasi hududi avtomobil yo‘li kengayishi ta’siridan xoli, daxlsiz qoladi. Shahar hokimligi aralashuvidan so‘ng shunday qarorga kelindi, deya xabar beradi «Gazeta.uz».
— 13 oktyabr endi biz uchun ibodatxonaning ikkinchi tug‘ilgan kuni, —deydi Markaziy Osiyodagi yagona faoliyat ko‘rsatayotgan buddaviylar ibodatxonasi bosh ruhoniysi o‘rinbosari Aleksandr Xegay. — Oxirgi oylarda kutish va mavhumlik holatida edik. Bizga ushbu hududning olinishi haqidagi qaror uzil-kesil chiqarilgani va uni saqlab qolishning imkoni yo‘qligini aytishgandi. Biroq hammasixayrli yakunlandi.
Ibodatxonaning asoschisi va 2001 yildan beri bosh ruhoniysi O‘zbekistonda 30 yildan beri istiqomat qilayotgan Janubiy koreyalik rohib Yang Ki Xun hisoblanadi. O‘zining yangi joyida ibodatxona yaqinda —2016 yil 22 mayda asosan O‘zbekistonda yashayotgan va ishlayotgan Janubiy Koreya fuqarolari mablag‘i hisobidan ochilgan edi.
Manba: daryo.uz