Poytaxtda qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan Uchtepa City loyihasi qurilishi boshlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Loyiha 37 gektar maydonni qamrab oladi.
Shuningdek, Chilonzor, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarida ham shunga o‘xshash yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu hududlardagi loyihalarning umumiy qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
Yangi «siti»lar zamonaviy turar joylar, ishbilarmonlik va ijtimoiy infratuzilmani o‘z ichiga olib, Toshkentning shahar qiyofasi va iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.