Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi

Toshkentda yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi

Mamlakatimizda fuqarolarining boshqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunda vijdon erkinligining asosiy tamoyillari, vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llari, qoidalari va kafolati, diniy bag‘rikenglik, fuqarolarning bu sohadagi huquq va burchlari belgilab berilgan.

Ana shundan kelib chiqib, joriy yilning 12 avgust kuni Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahri, «Evalak» MFY, Fahriylar ko‘chasi 50-uyda joylashgan «Hilol» masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda, Toshkent viloyatida 226 ta islomiy yo‘nalishidagi va 54 ta noislomiy yo‘nalishdagi diniy tashkilot ro‘yxatga olingan.

Kiritildi: 15:56 13.08.2020. O'qildi: 2283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!