Hindistondagi “Amity University” xususiy universiteti rektori Atul Chauxan boshchiligidagi delegasiya 17-19 noyabr kunlari tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
"O‘zA"ning yozishicha, tashrif doirasida mamlakatimizda “Amity University” universiteti filialini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mehmonlar Toshkent shahridagi Inxa hamda Vestminster universitetlarida bo‘lib, mazkur oliy ta’lim dargohlarida yaratilgan sharoit, yurtimizda ta’lim tizimini isloh qilish borasidagi intilishlarning ijobiy samaralari bilan yaqindan tanishadi.
Hindiston delegasiyasi a’zolari, shuningdek, 19 noyabr kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investisiyaviy forumda ham ishtirok etadi.