Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan navbatdagi 6 nafar bemor butunlay sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkent shahridan, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 1 nafari Rossiyadan Qozog‘istondan orqali, yana 1 nafari Qozog‘istonning o‘zidan, yana 1 nafari esa Turkiyadan yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 449 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 455 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 51 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1370 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.