Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda uy yondi: qurbonlar bormi?

A A A
Toshkentda uy yondi: qurbonlar bormi?

Toshkent shahar FVV boshqarmasining xabar berishicha 2020 yilning 23 aprel kuni soat 22:35 da Yashnobod tumani, “Alimkent” MFY, Aviasozlar 1-tor ko‘chasi 8-uy xonadonlaridan birida yong‘in kelib chiqqan. 

Ushbu yong‘in natijasida uy jihozlari, uyning 15 kv.m  maydoni yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 22:44 da yetib borishgan. Ularning tezkor harakatlari natijasida uyning 45 kv.m.maydoni hamda uy ichida qolib ketgan ikki nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan. 

Yong‘in soat 23:03 da to‘liq bartaraf etilgani atytilmoqda.  Buning natijasida uyga tutash qo‘shni xonadonlarning yong‘indan zarar ko‘rish holatlari va fuqarolar jabrlanishining oldi olingan. 

Ma’lum bo‘lishicha yong‘in sodir bo‘lgan joyga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan. Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari va uning keltirgan moddiy zarari miqdorlari aniqlanmoqda.  

 Shu munosabat bilan, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ramoqda.

Kiritildi: 19:12 24.04.2020. O'qildi: 4012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik