Poytaxt Toshkentning Taqachi mahallasda o‘g‘il o‘z otasining qotiliga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 30 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Toshkent shahrining Uchtepa tumani Taqachi ko‘chasida yashovchi S.B. uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashagan otasining tanasini turli joylariga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada ota shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 2 fevral kuni vafot etgan. S.B. qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.