Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda uchta xonadon yonib ketdi

Toshkentda uchta xonadon yonib ketdi

25 iyun kuni soat 19:39 da Toshkent shahri Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida joylashgan uchta xonadon tomi yonib ketdi, deb xabar berdi UZ24.

Yong‘inning umumiy maydoni 150 kvadrat metrni tashkil etdi.

«O‘t o‘chirish xizmati hodisa joyiga 19:45 da yetib borgan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 20:18 da yong‘in o‘chirilgan», — deyiladi xabarda.

Yong‘inni o‘chirishga 7 ta texnika birligi jalb qilingan. O‘t o‘chiruvchilar uchta uyning 310 kvadrat metr maydonini asrab qolishdi.

Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 10:56 26.06.2019. O'qildi: 1594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!