Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi
Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi Kino bosh boshqarmasi ko‘magida 25–29 sentyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. 25 sentyabr kuni o‘tkaziladigan tantanali ochilish marosimida taniqli turk aktyorlari Engin Altan Duzyatan, O‘zge Gurel, Serkan Chayog‘lu va Deniz Barut qizil yo‘lakdan o‘tib, o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi. Ochilish marosimida Turkiyaning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini xalqaro tomoshabinlarga tanishtiruvchi “Kökenlerin Fısıltısı” nomli mini-serial namoyish etiladi. 26-sentyabr kungi film namoyishlari rejissyor Tunch Davutning “Kesilmiş Bir Ağaç Gibi” filmi bilan boshlanadi. Dastur doirasida 27 sentyabr kuni rejissyor Yuksel Aksuning “Bak Postacı Geliyor” filmi, 28 sentyabr kuni “Mutluyuz mu?” filmi, 29 sentyabr “Dedektif Reptır” animasion filmi namoyish etiladi.
Kiritildi: 13:45 17.09.2026. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!