Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda tunneldagi nosozlik sabab vaqtincha harakatlanish cheklanadi

Toshkentda tunneldagi nosozlik sabab vaqtincha harakatlanish cheklanadi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda zarur texnik ishlarni amalga oshirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani hududida avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Temur Malik ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishmasidan Sultoniya ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi barcha avtoransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Shu o‘rinda, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish cheklanmaydi, biroq Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasiga tushish-chiqish yo‘llari vaqtincha yopiladi.

Mazkur cheklovlar ishlar to‘liq yakunlangunga qadar amal qiladi. Haydovchilardan yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish, vaqtincha o‘rnatilgan yo‘l belgilariga hamda mas’ul xizmatlar xodimlari ko‘rsatmalariga qat’iy rioya etish so‘raladi.

Harakat qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!