Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda talonchilar guruhi qo‘lga tushdi

A A A
Toshkentda talonchilar guruhi qo‘lga tushdi

Joriy yilning 27 aprel kuni noma’lum shaxslar Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi X.T.ni, Toshkent shahrining Chilonzor tumani 8-dahasida kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 3 900 AQSh dollarini olib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi L.G. va B.B. hamda Chilonzor tumanida yashovchi V.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:40 29.04.2019. O'qildi: 1174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik