Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

Toshkentda svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda avtomashina haydovchisi piyodalar o‘tish joyida piyodani o‘tkazib yubormasdan, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Ushbu avtomashina haydovchisi 2003 yilda tug‘ilgan M.T.ga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan MJTKning 128⁴-moddasiga (transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi) muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.

Kiritildi: 04:28 23.04.2024. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!