Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda Smart Waters loyihasi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yozgi o‘quv kursi ochadi

Toshkentda Smart Waters loyihasi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yozgi o‘quv kursi ochadi

AQSh hukumati USAID (AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi)ning «Suv, ta’lim va hamkorlik» loyihasi doirasida Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bilan hamkorlikda ikki haftalik yozgi o‘quv kursini ishga tushirdi. Bu haqda «Daryo»ga AQSh elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qozoq-nemis universiteti (QNU)ning Suv resurslarini integrasiyali boshqarish asoslari magistrlik dasturidan bo‘lgan sakkiz talaba va TIQXMMIning yetti nafar talabasi suv infrastrukturasi, xavfsizligi, havzali boshqarish, irrigasiya va drenaj tizimlarini boshqarish, shuningdek, suv resurslarini boshqarishning ekologik jihatlari haqida bilimga ega bo‘ladi.

Dastur talabalarning Markaziy Osiyodagi murakkab suv muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan siyosiy, texnik va ommaviy masalalarni yaxshiroq tushunishiga yordam berishga mo‘ljallangan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 08:00 13.06.2019. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!