Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda sirdaryolik yigitning ustidan jinoiy ish ochildi

Toshkentda sirdaryolik yigitning ustidan jinoiy ish ochildi

Chilonzor tumani huquqni muhofaza qilish organlariga 41 yoshli Mahbuba D. murojaat qilib, joriy yilning 14 mart kuni uning 19 yoshli o‘g‘liga aviachipta xarid qilishda yordam berishini va’da qilib, 2.771.000 so‘m olgan Sirdaryo viloyatilik 24 yoshli Shoxjahon N.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, Shoxjahon Mahbubaga muddati o‘tib ketgan chiptani berib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 17:02 29.10.2020. O'qildi: 2248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!