Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda sanoat zonalariga moratoriy joriy etildi

Toshkentda sanoat zonalariga moratoriy joriy etildi

Toshkent shahrida yangi sanoat zonalarini tashkil etishga muddatsiz moratoriy e’lon qilindi (xizmatlar sohasi bundan mustasno).

📄 Bu qaror O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida qabul qilindi.

🔹 Asosiy o‘zgarishlar:
🌱 ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha Maxsus komissiya faoliyati butun respublika bo‘ylab kengaytirildi;
🏭 2026 yil 1 apreldan sanoat zonalariga cheklov joriy qilindi;
📡 1 maygacha energetika korxonalarida avtomatik monitoring uskunalari o‘rnatiladi;
⚠️ ekologik talablarga rioya qilmagan korxonalarga jarimalar 10 barobarga oshiriladi;
♻️ “yashil” texnologiyalar joriy etgan korxonalarga xarajatning 50% gacha qoplab beriladi.

💰 Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan jami 300 mln dollarga yaqin mablag‘ jalb qilinib, ekologik modernizasiyaga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: Bugun 08:39. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!