Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda Sabanto‘yni ko‘rdingizmi? (VIDEO)

A A A
Toshkentda Sabanto‘yni ko‘rdingizmi? (VIDEO)

Toshkentning markaziy bog‘ida 20 iyun kuni tatar-boshqir millatlarning an’anaviy milliy bayrami - Sabanto‘y bo‘lib o‘tdi.

Qozon shahar filarmoniyasi solisti Rustem Nasibullin, duet "Farida-Alsu", hamda Tataristonda xizmat ko‘rsatgan artist Nail Sagdiyevlar Toshkent aholisiga yaxshi kayfiyat ulashishdi.

Konsert dasturi yoqin va rangba-rang bo‘ldi. Kattalar qo‘shiq va raqslar bilan band bo‘lgan vaqtda bolalar turli o‘yin va musobaqalarda ishtirok etishdi: qopda yugurish, yostiqlar bilan jang qilish, obkash bilan yugurish va boshqalar. Bayram ishtirokchilari, albatta, mazali yeguliklar bilan bilan mehmon qilindi.

Tatar-boshqir festivalning eng yorqin lahzalari bilan videolavhamizda tanishing.

Kiritildi: 15:43 21.06.2021. O'qildi: 3089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik