Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 04:00 dan ishlaydi​​​​​​​

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 04:00 dan ishlaydi​​​​​​​

Ramazon hayiti munosabati bilan 2026 yil 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti — avtobuslar va metropoliten ish faoliyati ertalabki soat 04:00 dan boshlanadi.

Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish, yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish hamda bayram kunlari jamoat transporti xizmatlarini xavfsiz va sifatli tashkil etish maqsadida qabul qilindi.

Kiritildi: Bugun 09:47. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!