Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda qarindoshlar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Toshkentda qarindoshlar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslarning o‘zaro janjali aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2020 yilning 1 avgust kuni “Darxon” mahallasida istiqomat qiluvchi 35 yoshli A.Marina Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib,  unga, singlisi va ukasiga tan jarohati yetkazgan  shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mojaroning boshlanishiga 39 yoshli F.Akmal tomonidan ko‘chada o‘ynayotgan bolalarga, shu jumladan arizachining 12 yoshli qiziga shovqin qilmaslik yuzasidan berilgan tanbehi sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng qizning katta yoshdagi qarindoshlari va F.Akmalning qarindoshlari o‘rtasida o‘zaro janjal boshlanib, voqea tan jarohati yetkazish bilan yakunlangan.   

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 2-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.  Janjalning har bir ishtirokchisi qilmishiga huquqiy baho beriladi.

Kiritildi: 10:38 04.08.2020. O'qildi: 4403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!