Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda qabristondagi qabr toshlarini sindirib tashlagan yigitga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda qabristondagi qabr toshlarini sindirib tashlagan yigitga sud hukmi o‘qildi

«Millar» dasturining xabariga ko‘ra, ushbu holat Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi qabristonlardan birida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 1995 yilda tug‘ilgan yigit qabr toshlarini sindirib, atrofga uloqtirgan. Qabrlarni ustidagi temirlarni titib tashlagan.

Yigitning otasi aynan o‘sha qabristonga dafn etilganligi uchun yigit bu holatni sodir qilganligi aytildi.

Hozirda 9 ta qabr yigitning uydagilari tomonidan tiklab berilgan.

Ushbu holat yuzasidan sud ishi JIB Yangihayot tumani sudida ko‘rib chiqildi.

"Dadam olamdan o‘tib qolganlarida, his-tuyg‘ularim yomon kechdi. Juda siqilib ketganimdan mast holatda bu ishlarni qildim. Pushaymonman, hammadan kechirim so‘rayman",- deydi yigit.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 134-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 13:35 29.03.2024. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!