Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 30.11.2015 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor D.X. dan undiruvchi M.X. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro xujjati Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ijro hujjati yuzasidan qarzdor D.X. davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmasdan, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli qarzdorligi 20.600.492 so‘mni tashkil qilgan.
Byuroning avlat ijrochisi tomonidan qarzdor D.X.ga nisbatan aliment pullarini bartaraf etmasa unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi to‘g‘risida ogoxlantirildi, bundan tegishli xulosa chiqarmagan qarzdor ota aliment pullarini to‘lamasdan qochib, yashirinib yurgani uchun qarzdorga nisbatan qidiruv elon qilindi.
Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi Qidiruv bo‘yicha inspektori tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv chora tadbirlari natijasida qochoq ota D.X. topildi hamda qarzdorga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlash to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.