Toshkent shahrida piyodalar yo‘laklari, bekatlar, yashil hududlar hamda taqiqlovchi belgilar bor joylarda qoldirilgan avtomobillarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.
Endi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan avtomobillar evakuasiya qilinib, maxsus jarima maydonlariga joylashtiriladi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markaziga ko‘ra, bu qaror piyodalar xavfsizligini ta’minlash, jamoat transporti va maxsus texnikalar harakatiga xalaqitlarni bartaraf etish maqsadida qabul qilinmoqda.
Haydovchilardan avtomobillarni taqiqlangan joylarda qoldirmaslik va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.