Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda noma’lum erkak maktabdan qaytayotgan qizga tajovuz qildi (VIDEO)

Toshkentda noma’lum erkak maktabdan qaytayotgan qizga tajovuz qildi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirobod tumanida noma’lum erkak maktabdan qaytayotgan qizga tashlangani aks etgan video tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Aniq.uzga ma’lum qilishicha, 19 aprel kuni soat 12:49 da voyaga yetmagan B.Z. qo‘shimcha darslardan qaytib kelayotganda Mirobod tumani Inoqobod ko‘chasida noma’lum shaxs orqasidan kelib, tegajog‘lik qilgan. So‘ngra hodisa joyidan qochib yashiringan.

Jabrlanuvchi qiz hozirda maktabning 11-sinfida o‘qiydi.

Shuningdek, qizga tagjog‘lik qilgan noma’lum shaxs taxminan 20-30 yoshlardagi o‘zbek millatiga mansub yigit ekani aytilmoqda.

Hozirda B.Z.ning otasidan ariza olinib, noma’lum fuqaroning shaxsini aniqlash hamda qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:39 20.04.2023. O'qildi: 4116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!