Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda MCHJ rahbari majburan prokuraturaga olib ketildi

Toshkentda MCHJ rahbari majburan prokuraturaga olib ketildi

Internet tarmog‘ida erkak kishining qo‘lga olinishining videosi tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB bu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

2 oktyabr kuni Mirobod tumani IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan prokuratura organlarining qaroriga ko‘ra mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining rahbari bo‘lmish Sayidali M.ning turar joyi aniqlangan. Ilgariroq, tergov oldi tekshiruvlari davomida prokuratura xodimlari tomonidan mazkur MCHJ rahbariyati majburiy soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlagani aniqlangan.

Bundan tashqari, Sayidali M.ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqa bir MCHJ rahbari A.G.dan kelib tushgan ariza mavjud. Mazkur arizada dori vositalarining oldi-sotdisi kelishuvi bo‘yicha qolgan mablag‘ to‘lanmaganligi ma’lum qilingan.

Tezkor xodimlar o‘zlarini tanishtirib va xizmat guvohnomalarini ko‘rsatib Sayidali M.ga tuman prokuraturasiga unga nisbatan kelib tushgan ariza bo‘yicha holatni aniqlash uchun borish kerakligini aytishgan. Ammo Sayidali qochishga urinib, faol qarshilik ko‘rsatgan. Shuning uchun xodimlar qonunchilikka muvofiq Sayidalining qo‘llariga kishan solib prokuraturaga olib borishga majbur bo‘lishgan. Hozirgi vaqtda Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:19 13.10.2020. O'qildi: 3533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!